Qoraqalpog`iston Respublikasi Taxtako`pir tumanida yashovchi yurtdoshimiz, 14 yoshli sportchi qiz Jansuluv Tatlimuratova tishlab turish orqali o`z tanasini uzoq vaqt ushlub turish bo`yicha dunyo rekordini o`rnatdi. Uning bu boradagi ko`rsatkichi 12 daqiqayu 1 soniya 18 lahzani tashkil etgan. Bu haqda Turizm va sport vazirligi Axborot xizmati xabar berdi.

Hamyurtimiz ushbu g`alabasini O`zbekiston Respublikasining Davlat bayrog`i qabul qilingan kunga bag`ishlashini ma`lum qilgan.





