Braziliyalik himoyachi Dani Alvesning “Barselona”dagi yillik maoshi ma`lum bo`ldi. Bu haqda Marca xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, 38 yoshli futbolchi “Barselona”da yiliga 155 ming evro maosh oladi. Bu La Liga oliy diviziondagi professional o`yinchilarga to`lanishga ruxsat berilgan eng kam maosh hisoblanadi.
Avvalroq Alves kam maosh bo`lsa-da, kataloniyaliklar safida to`p surishna tayyorligini ma`lum qilgan edi.
Ma`lumot uchun, futbolchining tovon puli esa 100 million evro etib belgilangandi.