AsosiySport

Myuller «Augsburg»ga qarshi o`yinda Di Mariya va O`zilning rekordini takrorladi

'Myuller «Augsburg»ga qarshi o`yinda Di Mariya va O`zilning rekordini takrorladi'ning rasmi

«Bavariya» yarimhimoyachisi Tomas Myuller Germaniya chempionati 12-turidan o`rin olgan «Augsburg»ga (1:2) qarshi o`yinda jamoasining yagona goliga assistentlik qildi. 

Germaniyalik 32 yoshli havbekning 2021 yilda Bundesligadagi assistlari 20taga etdi va u ushbu ko`rsatkich bo`yicha top-5 liga rekordini takrorladi. 

Bungacha yarimhimoyachi Anxel Di Mariya  2011 va 2014 yillarda «Real»da, Mesut O`zil 2015 yil «Arsenal»da xuddi shunday natija qayd etishgandi.

Myullerda rekordni yangilash uchun 2021 yil hisobidan yana 5ta o`yin bor.

    Boshqa yangiliklar