AsosiySport

Bugun Dubayda o`z ishini boshlagan Osiyo Olimpiya kengashining Bosh assambleyasida Otabek Umarov taqdimot qildi

Bugun Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida Osiyo Olimpiya kengashining (OOK) Bos...

'Bugun Dubayda o`z ishini boshlagan Osiyo Olimpiya kengashining Bosh assambleyasida Otabek Umarov taqdimot qildi'ning rasmi

Bugun Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida Osiyo Olimpiya kengashining (OOK) Bosh assambleyasi bo`lib o`tadi. Mazkur tadbirdan avval tashkilot Ijroiya qo`mitasining yig`ilishi bo`lib o`tdi. Bu haqda O`zbekiston Milliy olimpiya qo`mitasi ma`lum qildi.

Unda Ijroiya qo`mita a`zosi sifatida Osiyo Olimpiya kengashi vise-prezidenti Otabek Umarov, shuningdek, O`zbekiston Milliy Olimpiya qo`mitasi Bosh kotibi Oybek Kasimov, MOQ raisi o`rinbosari Azizjon Kamilov ishtirok etdi. Yig`ilish kun tartibida qit`amiz sportida kutilayotgan yirik kompleks musobaqalarga tayyorgarlik ko`rish bo`yicha fikrlar almashilgan.

Tadbirda Osiyo Olimpiya kengashining boshqa rahbariyat vakillari qatorida Milliy Olimpiya qo`mitalari assosiasiyasining amaldagi rahbari Robert Mitchel va Bosh kotibi Gunilla Lindberg ham qatnashgan.

Bugun OOKning 40-Bosh Assambleyasi bo`lib o`tadi. Unda tashkilot vise-prezidentlari, jumladan, Otabek Umarov Olimpizm targ`iboti, uni yangi bosqichga olib chiqish, belgilangan kompleks musobaqalarga tayyorgarlik haqida taqdimot namoyish etishadi. Oybek Kasimov tadbir ishtirokchilarini mamlakatimizda «Toshkent-2025» IV yoshlar Osiyo o`yinlariga tayyorgarlik bo`yicha olib borilayotgan ishlar bilan tanishtiradi.

Tadbirning kelgusi mezboni aniqlangach Bosh Assambleya o`z ishini yakunlaydi.

    Boshqa yangiliklar