Bu haqda Pastdarg`om tumanida baxtsiz hodisa sabablarini tekshirish va oqibatlarini bartaraf etish chora-tadbirlari to`g`risidagi tuman hokimi qarorida keltirilgan.
Qayd etilishicha, 2021 yilning 17 noyabr kuni Pastdarg`om tumani «Balxiyon» mahalla fuqarolar yig`inida joylashgan “Agrokimyo ta`minot servis” MChJning kirish darvozasi oldiga o`rnatilgan “metall konteyner” ichida 2 nafar yollanma ishchilarni noma`lum etiologik zaharlanish bilan voqea joyida halok bo`lgan.
Qarorda mazkur hodisani o`rganish bo`yicha tekshiruv ishlarni olib borish yuzasidan mutasaddilarga topshiriqlar berilgan.






