AsosiyJamiyat

Samarqand shahri 5 ta yangi tumanga bo`linadi

'Samarqand shahri 5 ta yangi tumanga bo`linadi'ning rasmi

Samarqand shahrini “Millionli shahar”ga aylantirish uchun, shaharga chegaradosh bo`lgan Samarqand, Past Darg`om, Oqdaryo va Toyloq tumanlari hududlarini qo`shish orqali, shuningdek, doimiy ro`yxatdan o`tmagan aholi va talabalar hisobiga shahar aholisi soni oshirilishi belgilangan. Bu haqda shahar hokimligining Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ma`lum qilinishicha, Samarqand shahar hududini 5 ta tumanga bo`lish rejalashtirilmoqda:

- Qorasuv tumani - maydoni 7,921 ming gektari, MFYlar soni 33 ta, aholi soni 134,7 ming kishi;

- Siyob tumani - maydoni 4,846 ming gektari, MFYlar soni 100 ta, aholi soni 301,3 ming kishi;

- So`g`diyona tumani - maydoni 3,741 ming gektari, MFYlar soni 54 ta, aholi soni 184,9 ming kishi;

- Bog`ishamol tumani - maydoni 3,246 ming gektari, MFYlar soni 55 ta, aholi soni 170,5 ming kishi;

- Maroqand tumani - maydoni 8,333 ming gektari, MFYlar soni 51 ta, aholi soni 226,6 ming kishi.

    Boshqa yangiliklar