AsosiyJamiyat

Surxondaryoda kredit mablag`larini o`zlashtirgan shirkat rahbarining kirdikorlari fosh etildi

'Surxondaryoda kredit mablag`larini o`zlashtirgan shirkat rahbarining kirdikorlari fosh etildi'ning rasmi

Sariosiyo tumanida  “I” xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati rahbari O.A. ko`p qavatli uy-joylarda joriy ta`mirlash va qurilish ishlarini amalga oshirish uchun ajratilgan 2,9 mlrd so`m kredit mablag`ining 525,2 mln so`mini shartnomada ko`rasatilgan maqsadlarda foydalanmasdan bank filialiga soxta hujjatlarni taqdim etish orqali talon-toroj qilgan. Bu Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Sariosiyo tuman bo`limi tomonidan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda aniqlangan.  

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o`zlashtirish yoki rastrata yo`li bilan talon-toroj qilish) va 209-moddasi (mansab soxtakorligi) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar