Prezident Shavkat Mirziyoev raisligida qishloq xo`jaligi erlarini ijaraga berish, meva-sabzavotchilik klasterlari va tomorqa xo`jaliklarini rivojlantirish yuzasidan videoselektor o`tkazildi.
- Kelgusi yilda paxta va g`alladan bo`shagan 80 ming gektar er aholiga bo`lib beriladi;
- 70 ming gektar er foydalanishga qaytariladi;
- aholining o`zida 500 ming gektar atrofida tomorqa erlari mavjud. Ushbu erlardan qo`shimcha 10 million tonna mahsulot olish, 1,5 million aholini band qilish va 800 million dollarlik eksport qilish uchun sharoit yaratiladi.
- 500 ming gektardan ziyod tomorqalardan samarali foydalanish uchun kelgusi yil 100 million dollar ajratilishi ta`kidlandi;
- tomorqada dehqonchilikni yo`lga qo`yish uchun oilaviy tadbirkorlik dasturi shartlari asosida imtiyozli kreditlar beriladi;
- tomorqada etishtirilgan mahsulotlarni kafolatli xarid qilish maqsadida har bir tumanda kooperasiyalar tashkil etilib, ularni jihozlashga 30 foizgacha subsidiya beriladi.
- suv ta`minoti og`ir tomorqa erlari va foydalanishdan chiqqan maydonlarni sug`orish xarajatlarini qisman qoplashga kelgusi yilda 50 milliard so`m ajratiladi.
Aholi daromadini oshirish va bozorlar to`kin-sochinligini ta`minlash uchun har bir xonadonda kamida 100 ta parranda, 20 ta quyon, 5-6 ta qo`y va echki, 5 ta asalari uyalari boqishni yo`lga qo`yish zarurligi ko`rsatib o`tildi.
- hokim yordamchilari tomonidan har bir mahallada kooperasiya asosida parranda, quyonchilik, qo`y-echkichilik, asalarichilik bilan shug`ullanish istagini bildirgan etakchi tadbirkorlar aniqlanadi;
- tijorat banklari tomonidan ushbu tadbirkorlar bilan loyiha ishlab chiqilib, ularga kredit ajratiladi;
- har bir tumanda etkazib beruvchi tashkilotlar ro`yxati shakllantirilib, joylarda “mobil tarqatish xizmatlari” faoliyati yo`lga qo`yiladi;
- ushbu loyihalarga oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida 2 trillion so`mdan ziyod kredit ajratiladi;
- har bir tumanda veterinariya xizmatlari ko`rsatish va ozuqa-em tarqatish, aholini o`qitish markazlari ochiladi.
Shuningdek, Bog`dorchilik agentligining viloyat bo`limlari, tumanlarda Meva-sabzavot va uzumchilikni rivojlantirish bo`yicha loyiha ofislari tashkil etilishga ko`rsatma berildi.
Ayni paytda muhokama qilingan masalalar yuzasidan Bosh vazir o`rinbosarlari, tarmoq va hududlar rahbarlari axborot bermoqda.