27 aprel kuni O`zbekiston xalq artisti San`at Devonov vafot etdi.
Bu haqda “Darakchi” muxbiri xabar berdi.
San`at Devonov 84 yoshda edi.Ma`lumotlarga ko`ra, aktyor Xorazm viloyatida o`tkazilayotgan “Biz buyuk yurt farzandlarimiz” yoshlar festivalida ishtirok etayotganida vafot etgan.
“Darakchi.uz” tahririyati nomidan marhumning oila a`zolariga chuqur hamdardlik bildiramiz.





