AsosiyJamiyat

Ortiqxo`jaev Uchtepa tuman hokimiga hayfsan berdi

'Ortiqxo`jaev Uchtepa tuman hokimiga hayfsan berdi'ning rasmi

Kuni kecha Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo`jaev boshchiligida Uchtepa tumani hokimligida yig`ilish bo`lib o`tdi. Bu haqda hokimlik matbuot xizmati ma`lum qildi. Qayd etilishicha, yig`ilishda sektor rahbarlari, shahar hokimi o`rinbosarlari, boshqarma va tashkilotlar mas`ullari ishtirok etishgan va Ishchi guruh tomonidan Uchtepa tumanida aniqlangan xato va kamchiliklarga jiddiy baho berilgan. 

Ortiqxo`jaev ko`pgina sohalarda ba`zi mas`ullarning o`z vazifasiga loqayd, mas`uliyatsizlik, yuzaki yondashish holatlari hamon mavjud ekanligini keskin tanqid ostiga olgan.  

Xususan, maktablar, jumladan, sinflardagi davomat, ta`lim sifati, bitiruvchilarning oliy o`quv yurtlariga kirishidagi past ko`rsatkichlar, shuningdek, maktabgacha ta`lim, qurilish, mahallalardagi tozalik, kichik korxonalardagi ish sharoitining talabga javob bermasligi,  ko`chat ekish jarayonidagi yuzakichilik, chiqindilarni vaqtida olib chiqib ketilmasligi ta`kidlangan.  

Ma`lumotga ko`ra, ishda yo`l qo`ygan kamchiliklari uchun tuman hokimining o`rinbosarlari N. Ismatov, L. Almanov, maktabgacha ta`lim bo`limi boshlig`i N. Xanto`raeva, xalq ta`limi bo`limi boshlig`i O`. Qurbonov hamda turizm va sport  bo`limi boshlig`i B. Nasibaliev lavozimidan ozod etilgan. Uchtepa tumani hokimiga esa hayfsan berilgan. 

Yig`ilish yakunida mutasaddilarga o`z faolyatini jiddiy ko`rib chiqish, tanqidlardan tegishli xulosalar chiqarish, ishda ijobiy o`zgarishlar qilish vazifasi yuklatilgan.  

Shuningdek, o`rganishlar davomida aniqlangan kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish, kelgusida shunga o`xshash kamchiliklar kelib chiqishining oldini olishga qaratilgan tizimli ishlarni tashkil etish vazifasi topshirilgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar