AsosiyMadaniyat

“Buxoro ko`z yoshlari” qisqa metrajli filmi suratga olindi

'“Buxoro ko`z yoshlari” qisqa metrajli filmi suratga olindi'ning rasmi

Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan “Yoshlik” kinostudiyasi tomonidan “Buxoro ko`z yoshlari” (“The tears of Bukhara”) qisqa metrajli filmi suratga olindi. Bu haqda Kinematografiya agentligi Axborot xizmati xabar bermoqda.

 Ssenariy muallifi va postanovkachi rejissyor Markel Markayda, operator Xose Migel Agilar.

Mazkur kinokartina “Ipak yo`li durdonasi” Toshkent xalqaro kinofestivali dasturidagi “Kino 5 kunda” yosh rejissyorlar loyihasida ispaniyalik ijodkorlar bilan birga yaratilgan.

Kinokartinada bosh qahramoni Qamar ismli yigit marhuma onasini sog`inganda Buxoro osmonidagi yulduzlar bilan suhbatlashadi.

Ma`lumot uchun, “Kino 5 kunda” tanlovida Filippin, Belarus, Yaponiya, Hindiston, Rossiya, Armaniston, Qozog`iston va boshqa mamlakatlardan yosh kinoijodkorlar ishtirok etishdi.

    Boshqa yangiliklar