AsosiyDunyo

JSST COVID-19ning yangi shtammini "Omikron" deb nomladi

'JSST COVID-19ning yangi shtammini "Omikron" deb nomladi'ning rasmi

JSST koronavirusning B.1.1.529 yangi shtammini yunon alifbosining 15-harfiga muvofiq "Omikron" deb atadi.

Tashkilot ushbu shtammni "tashvish uyg`otuvchi variant" sifatida tasnifladi. 

Ta`kidlanishicha, ushbu shtammda 32 ta mutasiya mavjud bo`lib, ulardan ba`zilari tashvish uyg`otmoqda.

Ilk bor B.1.1.529 shtammi JARda qayd etilgan. U Botsvana, Isroil, Gonkong va Belgiyada ham aniqlangan.

JSST hozirgi PZR testlari ushbu shtammni aniqlay olishini ta`kidladi. 

Dastlabki ma`lumotlar boshqa shtammlarga qaraganda ushbu variant bilan qayta infeksiyalanish xavfi yuqoriligini ko`rsatmoqda. Mutaxassislar hozirda yangi shtamm haqida ma`lumot yig`ishmoqda. Xususan, ularning vazifasi hozirda qo`llanilayotgan COVID-19ga qarshi vaksinalar undan qanchalik himoyalashini aniqlashdan iborat.

    Boshqa yangiliklar