Davlat statistika qo`mitasi ma`lumotlariga ko`ra, 2021 yilning yanvar-oktyabr oylarida O`zbekiston xorijdan qiymati 154,2 mln. AQSh dollariga teng bo`lgan 2,2 mln. dona mobil telefon import qilgan.
Telefon importi o`tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 1,5 mln. donaga oshgan.
O`zbekiston 14 ta davlatdan mobil telefonlar import qilgan.
O`zbekiston mobil telefonlarni eng ko`p import qilgan davlatlar:
Xitoy – 79,5 mln.
Vetnam – 60 mln.
Hindiston – 7,2 mln.
Qozog`iston – 5,3 mln.
BAA – 1,4 mln.
Germaniya – 647 ming
Rossiya – 175,8 ming AQSh dollari






