Alisher Usmonov Xalqaro qilichbozlik federasiyasi rahbarligiga qayta saylandi. Bu haqda TASS xabar berdi.
Shveysariyaning Lozanna shahrida bo`lib o`tgan kongressda Usmonov nomzodi qayta saylandi. Avvalroq uning nomzodi ilgari surilgan edi. Bu Kongress o`tgan yil Moskvada o`tkazilishi belgilagandi. Biroq pandemiya tufayli bu marosim noma`lum muddatga qoldirilgandi.
Ma`lumot uchun, Alisher Usmonov 2008 yildan buyon ushbu xalqaro tashkilotni boshqarib kelmoqda. U 2012 va 2016 yillarda qayta saylangan. Shuningdek, 2005 yildan 2009 yilgacha Evropa qilichbozlik konfederasiyasini boshqargan.