Avstriyaning bir nechta yirik shaharlarida koronavirus infeksiyasi tarqalishi bilan bog`liq yangi cheklovlarga qarshi namoyishlar bo`lib o`tdi. Bu haqda TASS xabar berdi.
Qayd etilishicha, mahalliy aholi koronavirusga qarshi majburiy emlashga qarshi norozilik bildirgan. Norozilik namoyishlarida 40 mingdan ortiq kishi ishtirok etgan.
Avstriyada koronavirus bilan kasallanganlarning soni keskin ko`paygani tufayli 2022 yilning 1 fevraliga qadar lokdaun holati e`lon qilingan. Fuqarolarni esa majburiy emlashga jalb qilingan.