Toshkentda fuqaroga "rahnamolik" qilishni va`da qilgan firibgar ushlandi

Jinoyat 29.11.2021, 09:49
Toshkentda fuqaroga "rahnamolik" qilishni va`da qilgan firibgar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Zangiota tuman bo`limlari IIB xodimlari bilan tezkor tadbir o`tkazdi. 

Tadbir davomida, fuqaro B.E. fuqaro Sh.dan tuman hududida joylashgan savdo majmuasiga tegishli bo`lgan piyodalar yo`lagini hech qanday hujjatlarsiz 13 oy muddatga savdo faoliyatini amalga oshirish uchun ajratib berish hamda ushbu vaqt davomida tekshiruvchilarga rahnamolik qilish evaziga 2 700 AQSh dollarini firibgarlik yo`li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.  

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1