Kecha Saida Mirziyoeva "Leadership EXPO-2020" pavilonida Birlashgan Arab Amirliklari Davlat taraqqiyoti va kelajagi masalalari vaziri Ohud bint Xalfan Al-Rumi xonim bilan uchrashdi. Bu haqda u o`zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma`lum qildi.
"BAA — so`nggi 50 yilda insonlar, ayniqsa, ayollar uchun xavfsiz hududga, dunyoning eng taraqqiy etgan mamlakatlaridan biriga aylandi",-deydi Saida Mirziyoeva.
Qayd etilishicha, ular uchrashuvda ijtimoiy-iqtisodiy masalalar yuzasidan fikr almashishgan, ko`plab sohalar bo`yicha o`zaro hamkorlik qilish istiqbollarini muhokama qilishgan.
Shuningdek, bu orada Rumi xonim Luvrda bo`lib o`tadigan O`zbekiston ko`rgazmasiga katta qiziqish bildirayotganini ta`kidlagan. Shu bilan birga u Jahon banki reytinglaridan birida bosh islohotchi sifatida tilga olingan O`zbekiston ajoyib yurt ekani va uning qadimiy shaharlarini ko`rish orzusida ekanini aytadi.
"Vatanimiz go`zalligini o`z ko`zlari bilan ko`rishi uchun uni O`zbekistonga taklif qildim",-deydi Mirziyoeva so`zining yakunida.