Avval xabar qilganimizdek, Prezident tomonidan «O`zbekiston Respublikasi jamoat xavfsizligi konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari to`g`risida»gi farmon imzolandi.
Hujjat bilan profilaktika inspektorlarining vazifalari takomillashtirilmoqda.
Jumladan, profilaktika inspektorlari ortiqcha va keraksiz yuklamalardan ozod qilinib, ularning vazifalari 128 tadan 22 taga maqbullashtirilgan holda qat`iy ro`yxat sifatida tasdiqlanmoqda.
Shuningdek, profilaktika inspektorlarini ularning vazifa va faoliyat yo`nalishlari bilan bog`liq bo`lmagan tadbirlarga jalb qilish hamda faoliyatiga asossiz aralashish taqiqlanadi.
Endi, profilaktika va probasiya inspektorlari, patrul-post va yo`l-patrul xizmati xodimlarining faoliyatini baholashda samaradorlik indikatorlarini o`z ichiga oluvchi reyting tizimi joriy etiladi.