AsosiyJamiyat

O`zbekistonda Yangi yil bayramini oila davrasida nishonlash tavsiya etildi

'O`zbekistonda Yangi yil bayramini oila davrasida nishonlash tavsiya etildi'ning rasmi

Respublika maxsus komissiyasining yig`ilishida mamlakatimizda epidemiologik vaziyat barqarorligini saqlab qolish va yurtimiz hududiga koronavirus infeksiyasining yangi “omikron” shtammi kirib kelishiga yo`l qo`ymaslik maqsadida bir qator yangi tartiblar belgilandi. Bu haqda SSV xabar qilmoqda. 

Unga ko`ra, aholi salomatligini ta`minlash hamda mamlakatimizda epidemiologik vaziyat barqarorligini saqlash maqsadida fuqarolarga yangi 2022 yil bayrami tadbirlarini imkon qadar oila davrasida o`tkazish tavsiya etildi.

Eslatib o`tamiz, 3  dekabrdan 2022 yil 10 yanvarga qadar O`zbekiston qator davlatlar bilan aviaqatnovlarni to`xtatadi.

Shuningdek, endi O`zbekistonga 11 ta davlatdan kirib kelgan yo`lovchilar majburiy karantinga olinadi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar