Pro-ligada 3-o`rinni egallagan “Olimpik” hamda Superligada 12-o`rin bilan cheklangan “Mash`al” o`tish bahsida o`zaro bellashdi.
Toshkentda bo`lib o`tgan qarama-qarshilikda dastlab “Mash`al” futbolchilari hisobni ochdi. Keyinchalik esa “Olimpik” jamoasi a`zolari uch bor muborakliklar darvozasini ishg`ol qildi.
Shu tariqa, Temur Kapadze shogirdlari kelgusi yilda Superligada ishtirok etadi. Mag`lubiyatga uchragan “Mash`al” esa Pro-ligada to`p suradi.
Superliga o`tish o`yini.
“Olimpik” – “Mash`al” - 3:1
Gollar: Otabek Jo`raqo`ziev 62, Temur Mamasidiqov 75, 77 - Sirojiddin Qo`ziev 57 penaltidan.