2021-yil 23-noyabr kuni Andijon viloyati IIB tezkor xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbir davomida, Buloqboshi tumanida yashovchi N.Sh. jinoiy sheriklari bilan PSR test natijalarini soxtalashtirish yo`li bilan tayyorlab, ushbu soxta PSR test ma`lumotnomalarini 120.000 so`m evaziga sotayotgan vaqtda ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Andijon shahar bo`yicha IIO FMB huzuridagi tergov bo`limi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 228-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.