24-aprel kuni Koreyada o`tkazilgan festivalda O`zbekistonlik havaskor raqqrslar birinchi o`rinni qo`lga kiritdi. Bu haqda “Sayyod.com” xabar bermoqda.
Festivalda Xitoy, Filippin, Kamboja, Vetnam, Pokiston va Shri-Lanka kabi davlatlardan kelib ishlayotganlar orasida turli musobaqalar o`tkazildi.
Musobaqalarda 1-o`rin O`zbekiston, 2-o`rin Kamboja va 3-o`rin Vetnamga nasib etdi.
Festivalda O`zbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekovning "Qayda bor" qo`shig`i yangradi va o`zbekistonliklar shu qo`shiqqa raqsga tushdi. Raqs tomoshabinlar tomonidan olqishlar bilan qarshi olindi. Buni quyidagi videoda ham ko`rishingiz mumkin.





