Bugun O`zbekiston va Qoraqalpog`iston xalq artisti Ozodbek Nazarbekovning san`atda ham, hayotda ham e`zozlaydigan, asrab-avaylaydigan insonlari ko`p.
Biroq uning o`zi kimlarga mehr bera olyapti-yu, aksincha bera olmayapti? Ushbu savol bilan san`atkorga “Bekajon” gazetasi muxbiri murojat qildi.
“Menga berilgan mehrni munosib qaytara olmayapman. Oilamga, farzandlarimga mehr berolmayotganim kundek ravshan. Oilaviy bir reja qilinadi-yu, mening vaqtim tig`iz bo`lib qoladi.”
Intervyuda xonanda hanuzgacha izlayotgan echimi haqida ham to`xtalib o`tdi.
“O`zbek musiqasining “pasporti”ni yaratish. Agar shu ishga hissam qo`shilsa, faoliyatim, ijodimda, eng katta maqsadga etgan bo`lardim.”
“Bekajon” jurnalisti xonanda qaysi hamkasbini o`ziga raqib deb bilishi bilan ham qiziqib ko`rdi:
“Raqobatlashish uchun ijod qilmayman. Aqlim, kuchim, iste`dodim etgunicha ijod qilaman. Oxirgi 2-3 yildagi albomlarimni boshqa xonandalarning albomlari bilan solishtirib ko`rsangiz, meniki ular bilan raqobatlasha olmaydi. Aranjirovka va saundlar jihatidan ancha ortda. Agar raqobatlashish niyatim bo`lganida, shu jihatlarga e`tibor berardim.”





