"O`zgidromet" xabariga ko`ra, bugun kunduz kuni O`zbekistonda havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi, faqat Buxoro, Navoiy viloyatlarida kunning ikkinchi yarmida biroz yomg`ir yog`ishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 9-14° iliq bo`ladi.
Poytaxtimizda havo bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 12-14° iliq bo`ladi.
Tog`li hududlarda havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 5-10° iliq bo`ladi.