AsosiyJamiyat

Toshkentda 2 ta Matiz bir-birini ag`darib yubordi

Kecha,29 aprel kuni Toshkent shahri Chilonzor tumani Shuhrat mavzesidagi boks maktabi yaqinida 2 ta Matiz ishtirokidagi YTH sodir bo`ldi. Bu haqda Facebook`ning “Voditeli Tashkenta” guruhida fotoxabar qoldirildi.

Guruhda chop etilgan suratlarda to`q qizil va oq rangdagi Matiz avtomobillarining ariq ichida ag`darilib yotganini ko`rish mumkin. Internet foydalanuvchilari YTH ikki haydovchining odam talashishi oqibatida kelib chiqqanini taxmin qilgan. Ulardan biri haydovchilardan birining ahvoli og`irligi va uning shifoxonaga olib ketilganini ma`lum qilgan. Aytilishicha,ikkinchi haydovchiga zarar etmagan.

 

Boshqa yangiliklar