AsosiySUG'DIYONA
21226

Ayolga nisbatan qiziqishning yo`qolishiga sabab bo`luvchi 7 harakat

Erkak kishining ayolni tashlab ketishiga nima sabab bo`ladi? “Elle.ru” nashri quyida sizni shunday harakatlar bilan tanishtiradi.

1. Erkakni o`zgartirishga harakat qilish

Erkak kishi qanday bo`lsa, shundayligicha qabul qilishlarini istaydi. Uni o`zgartirishga, tarbiyalashga harakat qilinadigan bo`lsa, buning oxiri yaxshilik bilan tugamaydi. 

2. Sergaplik

Hali tanishganingizga bir hafta bo`lmay, butun dunyo yangiliklarini gapirishdan to`xtamasangiz, oradan bir oy o`tar-o`tmas, sizni ko`rganda sevgan insoningizning ensasi qotib, boshi og`riydigan bo`lib qoladi va sizdan uzoqroqqa qochishga harakat qiladi. Sevgan ko`rsatuvlaringiz haqidagi fikrlaringizni, turli mish-mishlarni dugonangiz bilan o`rtoqlashganingiz ma`qul.   

3. Raqobatlashish 

Agar yoningizdagi inson bilan musobaqalashish sizga xos xususiyat bo`lsa, ya`ni ko`proq pul topishga, mashinani yaxshi boshqarishga harakat qiladigan bo`lsangiz, o`zingiz sezmagan holda erkak bilan raqobatga kirishib ketasiz. Juda kam hollardagina bunday raqobat yaxshilikka olib keladi. Erkak kishi ayolning yonida o`zini bo`sh qo`ygisi, dunyo tashvishlaridan dam olgisi keladi. Ammo ayol uni yangidan-yangi cho`qqilarni zabt etishga, o`zidan qolib ketmaslikka undaydigan, munosabatlar romantik tus olmay, musobaqaga aylanib ketadigan bo`lsa, erkak bunday munosabatlardan tez charchaydi. 

4. O`ta erkinlik hissi

Mustaqil va omadli “biznes ledi” erkakni o`ziga tortadigan bo`lsa, hukmbardor va murosaga kelmaydigan “temir ayol” cho`chitib, o`zidan itaradi. Agar restoranda egan ovqatingiz uchun pul to`lay olsangiz, og`ir yuklarni ko`tarish, uydagi barcha erkak kishi bajarishi lozim bo`lgan yumushlarni bajarish qo`lingizdan keladigan bo`lsa, yoningizda kuchli jins vakili bo`lish shartmikan? Hech bo`lmaganda ma`lum muddatga elkangizdagi og`ir ishlarni bajarishni undan iltimos qiling, shundan keyin u o`zini kerakli inson deb his qiladi va yoningizdan ketmaslikka harakat qiladi.     

5. O`tmishni unuta olmaslik

Har bir yigit uylangunga qadar qizlar bilan gaplashadi, baxtini topishga harakat qiladi. Agar uning ilgari gaplashgan qizini qayta-qayta eslatib, tinchlik bermasangiz, bunday munosabat uning ko`nglini tezda sovitadi va rostdan ham uning oldiga qaytib ketishi mumkin.   

6. Yumor hissining yo`qligi

Erkak yuragini zabt etishda hazil-mutoyibaning roli katta. Uni sizning shpilka tuflingiz, go`zal makiyajingizdan ko`ra ochiq chehrangiz, kulgiga moyilligingiz ko`proq qiziqtiradi. Agar u sizga hazil-mutoyiba qilsa-yu, siz buni tushunmasangiz, bunday munosabat uzoqqa cho`zilmaydi.

7. O`ziga nisbatan qiziqishning yo`qolishi

Erkak kishi ko`p hollarda o`zining qadrini biladigan, o`zini yaxshi ko`radigan ayollarni yoqtiradi. Muhabbat qanchalik qudratli kuchga ega bo`lmasin, o`zingizni erkak kishi uchun fido qilib, barcha qiziqishlaringizdan, borlig`ingizdan, ishingizdan, o`qishingizdan voz kechmang. Erkak kishi tabiatan ovchi bo`ladi, o`ljani qo`lga kiritgandan keyin, o`ljaga nisbatan qiziqishi so`nib, uni yana ov qilish hissi bezovta qilishi mumkin. Uning diqqatini doimo jalb qilish uchun avvalo o`zingizga e`tibor berishni unutmang.

Boshqa yangiliklar