Kuni kecha Kinochilar uyida Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan Pro art studiyasi tomonidan suratga olingan “Hayot afsunlari” badiiy filmining katta premerasi bo`lib o`tdi.
Ssenariy muallifi Abduqayum Yuldashev, postanovkachi rejissyor Hasan Alijonov, operator Iste`dod Usmonov, rassom Begzod Xudoyberdiev, grimyor Zilola Sobirova, prodyuser Javlon Kamalov, ikkinchi rejissyor Saidmalik Qodirov.
Mazkur premera 8 dekabr - O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan agentlik tomonidan kinomuxlislarga tuhfa sifatida taqdim etildi.
Mazkur film psixologik drama bo`lib, unda Tohir ismli mahalla raisining atrofida bo`ladigan hayotiy voqealar, turli ko`ngilsizliklar va oilaviy mojarolar aks ettirilgan.