AsosiyDunyo
5293

Qirg`izistonda er o`pirilishi oqibatida 15 yoshli bola halok bo`ldi

Qirg`iziston respublikasidagi Olmali-Buloq qishlog`ida ko`p yomg`ir yoqqanligi oqibatida er o`pirilib, etti xonadon xavf ostida qolgan, 15 yoshli o`smir halok bo`ldi, ikki kishi qutqarib qolindi, deb xabar berdi “Gazeta.ru”  nashri.  

Respublika bosh vaziri Sooronboy Jeenbekov va FVV bosh vaziri Kubatbek Boronovlar 73 nafar xonadonni boshqa joyga ko`chirishga qaror qilishdi. So`zoq tumanida yana kuchli yomg`ir yog`ishi kutilayotganligi, yana o`pirilishlar xavfi borligi tufayli, aholini xavfsiz joyga ko`chirish ishlari olib borilmoqda. Matbuot xizmatiga berilgan xabarlarga ko`ra, ko`chirilgan oilalarga uy qurish uchun er, tomorqa, ssuda ajratilgan.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar