AsosiyJamiyat

O`zbekistonga 200 ming doza yangi turdagi vasina keltirildi

'O`zbekistonga 200 ming doza yangi turdagi vasina keltirildi'ning rasmi

Yurtimizda koronavirucga qarshi qo`llanilayotgan vaksinalar turi ettitaga etdi. Ya`ni bugun Rossiyadan mamlakatimizga 200 000 doza Sputnik Light vaksinasi keltirildi.

Sputnik Light bir komponentli vaksina bo`lib, u bilan to`liq emlanish uchun bir dozasini olish kifoya. Eslatib o`tamiz, yurtimizga avvalroq ushbu vaksinaning 7 500 dozasi olib kelingan edi.

Shunday qilib, O`zbekistonda foydalanilayotgan vaksina 48 036 368 dozani tashkil qilmoqda.

Ulardan:

  • 2 404 480 dozasi AstraZeneca;
  • 36 789 938 dozasi ZF-UZ-VAC2001;
  • 1 341 790 dozasi "Sputnik V";
  • 3 000 060 dozasi Moderna;
  • 2 316 600 dozasi Pfizer/BioNTech;
  • 1 976 000 dozasi Sinovac;
  • 207 500 dozasi Sputnik Light vaksinasidir.

Shundan 35 610 274 dozasi emlash jarayonlarida qo`llanilgan.

    Boshqa yangiliklar