AsosiyDunyo

Isroilda koronavirus infeksiyasi bilan bog`liq yuqori ko`rsatkich bolalarda kuzatilmoqda

'Isroilda koronavirus infeksiyasi bilan bog`liq yuqori ko`rsatkich bolalarda kuzatilmoqda'ning rasmi

Isroilda yangi infeksiya yuqtirganlarning soni ko`paymoqda. Mamlakat sog`liqni saqlash vazirligi xabariga ko`ra, kasallanganlarning yarmidan ko`pi 11 yoshgacha bo`lgan bolalar tashkil etadi. Bu haqda BBC xabar berdi

Qayd etilishicha, so`nggi olti haftada mamlakatda yangi infeksiyalar soni keskin oshib ketgan. Ushbu holatlarning yarmidan ko`pi bolalarda kuzatilgan. 
Mamlakatda kasallangan 5971 nafar bemorning 14 foizi 5 yoshgacha bo`lgan bolalar, qolgan 38 foizi noyabr oyida birinchi emlashni boshlagan 5 yoshdan 11 yoshgacha bo`lgan bolalar ekani ma`lum qilindi. 

Umuman olganda, Isroilda kasallik soni ortgani bilan o`lim darajasi yuqori emasligi aytilmoqda. Bosh vazir Naftali Bennet emlanmagan isroilliklarga cheklovlar joriy etilishini e`lon qildi. Shuningdek, Ben Gurion xalqaro aeroportini butunlay yopishni taklif qilgani ta`kidlanmoqda. 

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar