AsosiyJamiyat

Toshkentda avtobus piyodani urib yubordi

'Toshkentda avtobus piyodani urib yubordi'ning rasmi

Toshkent shahrining Yunusobod tumanida 10 dekabrt kuni  Amir Temur ko`chasi Minor metrosi qarshisida avtobus haydovchisi yo`lning belgilanmagan qismida odam urib yuborgan. Bu haqda Poytaxt Ichki ishlar bosh boshqarmasi axborot xizmati ma`lum qildi.

Xabarda aytilishicha, voqea 18:40da 1990 yilda tug`ilgan T.J. boshqaruvidagi davlat raqami 01 968 XAA bo`lgan 72-sonli yo`nalishli avtobus harakatlanayotgan vaqtida piyoda T.U.ni urib yuborgan. 

Natijada piyoda olgan jarohatlari bilan voqea joyida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o`tkazilmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar