AsosiySport

O`zbekiston va Saudiya Arabistoni dzyudo federasiyalari hamkorligini yangi bosqichga olib chiqish bo`yicha uchrashuv bo`lib o`tdi

'O`zbekiston va Saudiya Arabistoni dzyudo federasiyalari hamkorligini yangi bosqichga olib chiqish bo`yicha uchrashuv bo`lib o`tdi'ning rasmi

Saudiya Arabistoni dzyudo federasiyasi prezidenti Abdulaziz Al-Bassamning taklifiga ko`ra O`zbekiston milliy olimpiya qo`mitasi raisi o`rinbosari, mamlakat dzyudo federasiyasi raisi Azizjon Kamilov poytaxt Ar-Riyod shahrida bo`ldi.

Rasmiy uchrashuv chog`ida har ikki mamlakat dzyudo federasiyalari o`rtasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish, har ikki davlat terma jamoalarining qo`shma o`quv-mashg`ulotlarini o`tkazish, hakamlar va murabbiylar uchun seminarlar tashkil etish masalalari muhkama qilindi. Abdulaziz Al-Bassim va uning o`rinbosari Hussayn Al-Malki tashrif uchun Azizjon Kamilovga minnatdorlik bildirdi.

Eslatib o`tamiz, shu yilning 5-15 oktyabr kunlari Toshkent shahrida O`zbekiston va Saudiya Arabistoni terma jamoalarining qo`shma o`quv-mashg`ulot yig`ini o`tkazilgan edi. O`shanda Ismoil Siddiq boshchiligidagi jami 15 nafar saudiyalik dzyudochilar poytaxtimizda o`z mahorat va tajribalarini oshirishgandi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar