AsosiyDunyo

2021 yil boshidan buyon 4,4 mingdan ziyod migrant halok bo`lgan

'2021 yil boshidan buyon 4,4 mingdan ziyod migrant halok bo`lgan'ning rasmi

2021 yilning boshidan buyon 4,4 mingdan ziyod migrant boshqa mamlakat hududiga kirishga uringanida halok bo`lgan, deyiladi Xalqaro migrasiya tashkiloti (XMT) tarqatgan bayonotda.

"Dunyo bo`yicha migrantlarning safari chog`ida fojeali  halok  bo`lish holatlarini  qisqartirish bo`yicha aniq choralar ko`rilishi lozimligi haqida har yili ta`kidlanishiga qaramay, 2021 yilda 4 ming 470 dan ziyod kishi halok bo`ldi", - deyiladi bayonotda.

XMT ma`lumotlariga ko`ra, 2014 yildan buyon 45 ming 400 migrantning o`limi qayd etilgan.

Xabarda aytilishicha, bu yil o`lim va bedarak ketish holatlari sayyoramizning juda ko`p migrasion yo`nalishlarida, jumladan,  Evropa hamda Shimoliy va Janubiy Amerikada ko`paygan. Masalan, 2021 yilda Meksika chegarasidan AQSh hududiga o`tish chog`ida 651 kishi halok bo`lgan. Shuningdek, Evropaga va Evropaning ichidagi  migrasion yo`nalishlarda 2 ming 720 ta o`lim ro`yxatga olingan.

Xabarda ta`kidlanishicha, XMT davlatlarni migrantlarning hayotiga xavf soladigan holatlar sonini kamaytirish bo`yicha aniq chora-tadbirlar ishlab chiqishga chaqirgan.

    Boshqa yangiliklar