AsosiyJamiyat

Tunda Andijonda 4 ballik zilzila sodir bo`ldi

'Tunda Andijonda 4 ballik zilzila sodir bo`ldi'ning rasmi

FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazining xabar qilishicha, O`zbekiston Respublikasi hududida mahalliy vaqt bilan 12 dekabr kuni soat 03:30 da (11.12.2021 yil, Grinvich bo`yicha 22:30 da) zilzila sodir bo`ldi. 

Episentr: Andijon viloyati, Jalaquduq tumani. Zilzila koordinatalari: 40,68 gradus shimoliy kenglik; 72,57 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=3,7. Chuqurlik 5 km. Zilzila episentri Toshkentdan 289 km janubiy-sharqda.

O`zbekiston Respublikasi hududia sezilish kuchi:

Xo`jaobod tumanida 4 ball, 5 km.

Jalaquduq tumanida 4 ball, 8 km.

Buloqboshi tumanida 3 ball, 12 km.

Andijon tumanida 3 ball, 17 km.

Andijon shahrida 2-3 ball, 22 km.

Qo`rgontepa tumanida 2 ball, 27 km.

Asaka tumanida 2 ball, 29 km.

Marhamat tumanida 2 ball, 29 kmni tashkil etdi.

    Boshqa yangiliklar