AsosiyJamiyat

Buxorodagi turizm xodimlari Turkiya Madaniyat va turizm vazirligining sertifikatlarini qo`lga kiritishdi

'Buxorodagi turizm xodimlari Turkiya  Madaniyat va turizm vazirligining sertifikatlarini qo`lga kiritishdi'ning rasmi

Buxoro shahrida joylashtirish vositalari xodimlari uchun Turkiya Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligining malakali mutaxassislari ishtirokida o`quv-seminarlari o`tkazildi.

O`zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi huzuridagi “Sport va turizm xizmatlarini sertifikatlash markazi” DUK tomonidan o`tkazilayotgan mazkur mashg`ulotlar joylashtirish vositalarida ko`rsatiladigan xizmatlar sifatini yanada yaxshilashga qaratilgan.

O`quv-seminar  Buxoro viloyati Turizm va sport bosh boshqarmasi bilan hamkorlikda joylashtirish vositalari xodimlarini jalb etgan holda, kutib olish va joylashtirish xizmati (reseption), joylashtirish vositasining ma`lum qavati xizmatchisi (housekeeping), servis (F&B) yo`nalishlari bo`yicha olib borildi.

Bugun 11-dekabr o`quv-seminarning yakuni bo`yicha ishtirokchilarga Turkiya Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi tomonidan sertifikatlar topshirildi.

    Boshqa yangiliklar