Bugun, 11 dekabr kuni Xitoy Xalq Respublikasidan O`zbekistonga 1 million doza ZF-UZ-VAC2001 vaksinasi bepul keltirildi.
️Zhifei Longcom Biopharmaceutical kompaniyasi tomonidan yuborilgan vaksina respublika aholisini emlash ko`lamini kengaytirib, pandemiya sharoitida yurtimizda ommaviy immunitet hosil qilishga xizmat qiladi.
Eslatib o`tamiz, ayni kungacha mamlakatimizda jami 35 845 059 doza vaksinadan foydalanildi.
Ulardan:
- 1-bosqich emlanganlar 18 197 891 nafarni,
- 2-bosqichda emlanganlar 11 679 390 nafarni,
- 3-bosqich emlanganlar 5 967 778 nafarni tashkil qildi.






