Bugun, 12 dekabr kuni Namangan tumanidagi uyda chaqnash oqibatida yong`in sodir bo`lgan. Bu haqda Namangan tuman Favqulodda vaziyatlar bo`limi xabar berdi.
Xabarga ko`ra, chaqnash oqibatida yashash uyiniing shift va tom qismidan 20 kv.metr joyi hamda qisman uy-ro`zg`or buyumlari yonib zararlangan va xonadon egasi, turmush o`rtog`i, 3 nafar farzandi (2 nafar qiz va 1 nafar o`g`il) bolalar kuyib tan jarohati olgan.
Shuningdek, chaqnash sababi yashash xonadoniga tortib kelingan gaz trubasini jo`mragi nosozligi sababli sizib chiqqan tabiiy gaz xonaga to`planishi hamda uy egasining turmush o`rtog`i gaz hidini sezmagan holda elektr chirog`ini yoqishi oqibatida sodir bo`lgan, deyiladi xabarda.
Hozirda hodisa yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.






