Kanadaning Ontario provinsiyasida 200 mingdan ortiq aholi kuchli shamol tufayli elektr ta`minotisiz qoldi.
Bu haqda "TASS” xabar berdi, deb yozadi Zamon.uz nashri.
Ma`lumotga ko`ra, soatiga 100 km tezlikda esayotgan shamol boshqa muammolarni ham keltirib chiqargan.
"Davom etayotgan bo`ron tufayli 200 mingdan ortiq iste`molchi elektr ta`minotisiz qolmoqda. Viloyatning janubiy, markaziy va sharqiy qismi ham aholining energiyasiz qolishi kutilmoqda", - deyiladi xabarda.
Ta`kidlanishicha, soatiga 100 km tezlikda esayotgan shamol yana ko`plab infratuzilmalarga zarar etkazgan.