AsosiyJamiyat

O`zbekistonliklar uchun ilk bor bepul Yaponiya onlayn mehnat yarmarkasi tashkil etiladi

'O`zbekistonliklar uchun ilk bor bepul Yaponiya onlayn mehnat yarmarkasi tashkil etiladi'ning rasmi

22-dekabrda o`zbekistonliklar uchun ilk bor Yaponiya onlayn mehnat yarmarkasi tashkil etiladi. Bu haqda Bandlik va  mehnat munosabatlari vazirligi e`lon berdi. 

Unda BEPUL ishtirok eting va Yaponiya kompaniyasidan ish taklifini olish borasida imkoniyatni qo`lga kiritishingiz mumkin.   

Buning uchun Siz LINE ilovasini telefoningizga yuklab olib, ro`yxatdan o`tishingiz zarur bo`ladi. Unda JOBFAIR 2021 deb nomlangan havolaga kirib, QR kodni LINE dasturi yordamida o`qiysiz.  

Yuklab olganingizdan so`ng, xabar keladi.

Quyidagi savollarga javob berishingiz kerak:

  • 18 yoshdan kattamisiz?
  • Yaponiyadamisiz?  

So`ngra, O`zbekiston bayrog`ini tanlaysiz, Sizga o`zbek tilida ma`lumot keladi.

Bunda Siz quyidagi afzalliklarga ega bo`lasiz:

  • Yapon ish beruvchisiga bevosita yapon tilida savol bera olasiz. Savol yapon tilida to`g`ri berilsa, ish beruvchi kompaniya tomonidan ish taklifi olish imkoni oshadi. 
  • Siz mehnat yarmarkasida qatnashar ekansiz, yapon tilida savol berishda, avvalo,じこしょうかい (o`zingizni tanishtirib), savolni yapon tili qoidalariga muvofiq berishingiz va bu jarayonda savol berish odobiga to`la rioya qilishingiz kerak.  
  • Siz ish beruvchi kompaniya vakilida yaxshi taassurot uyg`otsangiz, sizga LINE ilovasi orqali aloqaga chiqishadi!

 

 Quyidagi havola orqali ro`yxatdan o`tish mumkin.

Ushbu onlayn mehnat yarmarkasi O`zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi hamda Yaponiyaning Adliya vazirligi, Mehnat, Sog`liqni saqlash va farovonlik vazirligi bilan hamkorlikda o`zbek fuqarolari uchun maxsus tashkil etilmoqda.

    Boshqa yangiliklar