AsosiyJamiyat

Namanganda "Spark" zovurga tushib ketdi. Oqibatda...

'Namanganda "Spark" zovurga tushib ketdi. Oqibatda...'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan Norin tumanida "Spark" avtomobili zovurga tushib ketganligi bo`yicha ma`lumot berildi.

Joriy yilning 13 dekabr kuni soat 16:20 larda, Namangan viloyati, Norin tumani hududidan o`tuvchi "Cho`ja-Xaqulobod" avtomobil yo`lining 23-kilometrida haydovchi, 1978 yilda tug`ilgan D.R. "Spark" rusumli avtomobilda harakatlanayotib, rul boshqaruvini yo`qotishi oqibatida zovurga tushib ketgan.  

Hodisa natijasida haydovchi D.R. tan jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur YTH yuzasidan Norin tumani IIB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Boshqa yangiliklar