Xitoyning Anhui Zhifei Longcom Biopharmaceutical kompaniyasi koronavirusga qarshi vaksina (ZF-UZ-VAC2001) bo`yicha tadqiqot natijalarini e`lon qildi. Ushbu preparat Omikron shtammiga qarshi antitanalarni ishlab chiqarishi mumkin.
Bu haqda Reuters xabar berdi.
Kompaniyaning ta`kidlashicha, bir oy oldin 3 dozadan vaksina qabul qilgan 32 kishining 78 foizidan olingan namunalarda "omikron"ga qarshi neytrallashtiruvchi antitanachalar aniqlangan.
32 ta kishidan 16 tasi ikkinchi va uchinchi dozalarni to`rt oydan ko`proq vaqt oralig`ida qabul qilgan. Ularning barchasida omikronga qarshi neytrallashtiruvchi antitana aniqlangan, ammo antitanalar darajasi boshqa shtammlarda kuzatilganidan tahminan uch baravar kamroq.