AsosiyJamiyat

"Fuqarolarning pensiya ta`minoti to`g`risida"gi qonunga qo`shimchalar kiritilmoqda. Endilikda....

'"Fuqarolarning pensiya ta`minoti  to`g`risida"gi qonunga qo`shimchalar kiritilmoqda. Endilikda....'ning rasmi

“Fuqarolarning davlat pensiya ta`minoti to`g`risida”gi qonun hamda Mehnat kodeksiga o`zgartish va qo`shimchalar kiritilmoqda. Deputat Rasul Kusherbaev bu haqda ma`lum qildi.

Qayd etilishicha, yangi qonun loyihasiga ko`ra:

  •  boquvchisini yo`qotganlik pensiyasi to`lovlarini marhumning qaramog`idagi farzandlariga, ular 18 yoshgacha, agar umumiy o`rta ta`lim muassasasi, akademik lisey va oliy ta`lim muassasasida o`qiyotgan bo`lsa 23 yoshga to`lgunga qadar boquvchisini yo`qotganlik pensiyasini to`lash;
  • nogironligi bolalikdan bo`lgan bolalarga 18 yoshgacha qaragan davrini ish stajiga qo`shib hisoblash;
  •  bolani parvarishlash bo`lish vaqtining xammasini jamlanganda ko`pi bilan 6 yillik davrni ish stajiga qo`shib hisoblash;
  • respublika hududida karantinli va inson uchun xavfli bo`lgan boshqa yuqumli kasalliklar tarqalishi tahdidi mavjud bo`lgan davrda amal qilib turgan davrda pensiya olish huquqi vujudga kelgan fuqarolar, ushbu tadbirlar (cheklovlar) davrida yoki tugagandan so`ng bir oy ichida pensiya tayinlashni so`rab murojaat etgan taqdirda, ularga pensiya uni olish huquqi paydo bo`lgan sanadan tayinlash taklif etilmoqda.

Ma`lumotga ko`ra, mazkur qonun loyihasi Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalari tomonidan ko`rib chiqilmoqda va yaqin vaqt ichida yalpi majlisga kiritiladi.

Shu o`rinda, deputat Kusherbaev:  "So`nggi yillardagi o`zgarishlar inobatga olinsa, mazkur yangiliklar fuqarolarga qulaylik yaratish yo`lidagi progressiv qadam, deyish mumkin"-deya munosabat bildirdi yangi qonun loyihasiga. 

 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar