Rossiyalik shifokor-immunolog Vladislav Jemchugovning so`zlariga ko`ra, COVID-19'ga qarshi emlanganlar boshqalarga juda kam ehtimol bilan kasallik yuqtirishi mumkin.
Emlanmaganlar o`zi kasallik yuqtirib olishi va yana o`nta odamga yuqtirishi mumkin. Emlanganlar esa — yuztadan bittasiga yuqtiradi.
Vaksinasiya odam COVID-19 tashuvchisi bo`lmasligiga 100% kafolat bera olmaydi. Shunga qaramasdan, emlangan odam o`z atrofida «kasallik yuqtiruvchi bulut» ham yaratmaydi.
Avvalroq shifokor -infeksionist Evgeniy Timakov, COVID-19'ga qarshi emlanganlar virus uchun yakuniy halqa bo`lib xizmat qiladi va uning mutasiyasi oldini oladi, deb ta`kidlab o`tgan edi. Emlangan odam kasallik yuqtirgan taqdirda ham, kamroq miqdorda virus tarqatadi.






