1

Sirdaryoda er maydonini sotmoqchi bo`lgan firibgar ushlandi

Jinoyat 14.12.2021, 11:03
Sirdaryoda er maydonini sotmoqchi bo`lgan firibgar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Sirdaryo viloyati boshqarmalari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro J.D. otasi R. rahbarligidagi “M” fermer xo`jaligiga qarashli 5 gektar er maydonini hamda ushbu er maydoni atrofidagi aslida egalik huquqini tasdiqlovchi hujjati bo`lmagan yana 15 gektar er maydonini fuqaro L.ga 70 000 AQSh dollariga firibgarlik yo`li bilan sotishga kelishib, tanishlari orqali er maydonini uning nomiga rasmiylashtirib berish evaziga, oldindan 30 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi. 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1