AsosiyJamiyat

Yangi ilmiy ishlanma va texnologiyalarga buyurtma berish bo`yicha interfaol xizmat ishga tushirildi

'Yangi ilmiy ishlanma va texnologiyalarga buyurtma berish bo`yicha interfaol xizmat ishga tushirildi'ning rasmi

Endilikda iqtisodiyot tarmoqlari korxonalari o`zlarining yangi ilmiy ishlanma va texnologiyalarga bo`lgan ehtiyojlarini Innovasion rivojlanish vazirligi tomonidan ishga tushirilgan elektron portal orqali taqdim etishlari mumkin. Bu haqda vazirlik Matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Ma`lum qilinishicha, taqdim etilgan ma`lumotlar vazirlikning ma`lumotlar bazasiga kelib tushadi va ekspertlar tomonidan ko`rib chiqiladi.  

Ko`rib chiqish natijalariga ko`ra ilmiy-tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasi shakllantiriladi va har bir buyurtma negizida tayyorlangan tematik mavzu bo`yicha ilmiy loyihalar tanlovi e`lon qilinadi.

Tanlovla natijalari bo`yicha eng yaxshi ilmiy loyihalarga grant mablag`lari ajratiladi va shu asosda texnologiya ishlab chiqilib, manfaatdor tarmoqqa kelgusida tijoratlashtirish uchun taqdim etiladi.

    Boshqa yangiliklar