AsosiyJamiyat

Sergelida yongan yo`lovchi avtobusi haqida rasmiy ma`lumot berildi

'Sergelida yongan yo`lovchi avtobusi haqida rasmiy ma`lumot berildi'ning rasmi

Biroz avval Toshkent shahar Sergeli tumani «Do`stlik-1» dahasida 47-yo`nalish bo`yicha harakatlanayotgan «MERS» rusumli avtobusda yong`in sodir bo`lgani haqida xabar bergan edik.  

“Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati avtobusdagi yong`in yuzasidan rasmiy ma`lumot berdi:

"Ushbu avtobus 2012 yil ishlab chiqarilgan bo`lib, tasarruf boshidan buyon 740670 km, ohirgi servis xizmatidan keyin esa 6901 km masofani bosib o`tgan. Dastlabki ma`lumotga ko`ra avtobusdagi engil elektr simlarining qisqa tutashuvi oqibati yong`in sodir bo`lgani ehtimol qilinmoqda. Hozirda"Toshshahartransxizmat" AJning Ishlab chiqarish texnik bo`limi xodimlari tomonidan xizmat tekshiruvi olib borilib,  yong`inning asl kelib chiqish sababi o`rganilmoqda.  Yong`in oqibatida avtobusning dvigatel qismi zararlangan.  Hodisa oqibatida jabrlanganlar yo`q" deyiladi xabarda. 

    Boshqa yangiliklar