Respublika bo`ylab 35 ta tuman va shaharlarda turizm, transport, tibbiyot, ta`lim ob`ektlari va yirik savdo komplekslarini tashkil etish uchun 200 million dollar yo`naltiriladi. Ushbu mablag`lardan samarali foydalanish maqsadida 10 ta tijorat banki ushbu shahar va tumanlarga biriktirilgan. Bu raqamlar Shavkat Mirziyoev ishtirokidagi videoselektor yig`ilishida keltirildi.
Shu bilan birga saylov oldi dasturida aytilgan:
Urganchdagi Pahlavon Mahmud va Xivadagi Alleya hududlarida “Turizm ko`chasi”,
Buxoro shahrida “tibbiyot shaharchasi”,
Guliston shahrida 6 ta viloyat shifoxonasi negizida tibbiyot, Guliston va Yangier shaharlarida ta`lim va tarbiya klasterlari,
Qo`qon shahri yagona konsepsiya va zamonaviy infrastruktura asosida, vodiyning “savdo va transport-logistika markazi,
Andijon va Yangi Andijon shaharlarini o`zaro, Nurafshon va Parkentni Poytaxt bilan bog`lovchi tez yurar transport tizimini yo`lga qo`yish bo`yicha mas`ullar prezidentdan bir oy muddatda barcha loyihalarni boshlash topshiriqlarini olishdi.
Sardorbek Rahmonqulov