Poytaxtimizdagi “Universal” sport majmuasida boks bo`yicha erkaklar va ayollar o`rtasidagi O`zbekiston chempionati o`z yakuniga etdi.
Reglamentga ko`ra, bugun erkaklar o`rtasida final janglari o`tkazildi. Kutilganidek, barcha bellashuvlar shiddatli va murosasiz ruhda o`tdi. Qayd etish joiz, Tokio-2020 Olimpiya o`yinlari ishtirokchilari Dilshod Ro`zmetov, Bobousmon Baturovlarning mag`lubiyatga uchragani yangi yulduzlar etishib chiqayotganidan dalolat berdi. Quyida bugungi final bellashuvlarining natijalari bilan tanishishingiz mumkin:
-48 kg. Jalilov Asilbek – Shodiyor Meliqo`ziev
-51 kg. Mironshox Ibragimov – Xujanazar Nortojiev
-54 kg. Shahzod Muzaffarov – Dilshod Abduvaliev
-57 kg. Shunqor Abdurasulov – Xasanboy Latiboxunov
-60 kg. Xurshidbek Rasuljonov – Faryozbek Xakimov
-63,5 kg. Tursunov Mujibullo – Ruslan Abdullaev
-67 kg. Jahongir Raxmonov – Javlonbek Yo`ldoshev
-71 kg. Bobousmon Baturov – Azizbek Tojiev
-75 kg. Saidjamshid Jafarov – Abdulaziz Abdupattaev
-81 kg. Dilshod Ro`zmetov – Odiljon Aslonov
-86 kg. Timur Marjanov – Jo`rabek Toshtemirov
-92 kg. Jamshidjon Abdullaev – Javohir Tog`aymurodov
+92 kg. Jahongir Zokirov – Jamshid Xudayberganov.
Shuningdek, musobaqa yakunida an`anaga muvofiq chempionatning eng yaxshi bokschisiga Rufat Risqiev kubogi topshirildi. Bu yil erkaklar o`rtasida Ruslan Abdullaev va ayollardan Nigina O`ktamova mazkur sovrinni qo`lga kiritishdi. Shuningdek, Nurxon Asadullaeva turnirning eng yaxshi hakami deb e`tirof etildi.
Eslatib o`tamiz, bu yilgi O`zbekiston chempionatini barcha qit`alardan tashrif buyurgan AIBAning 3 yulduzli 8 nafar referisi mahalliy hakamlar bilan birgalikda boshqarib borishdi.