1

2024 yilning 1 yanvarigacha ekotizimga integrasiya qilingan elektron tijorat platformalari uchun daromad solig`i stavkasi ikki barobar kamayadi

Iqtisodiyot 15.12.2021, 11:25
2024 yilning 1 yanvarigacha ekotizimga integrasiya qilingan elektron tijorat platformalari uchun daromad solig`i stavkasi ikki barobar kamayadi

Avval xabar qilganimizdek, kecha, 14 dekabr kuni “O`zekspomarkaz” Milliy ko`rgazmalar majmuasida O`zbekiston Respublikasi Investisiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan Toshkent shahar hokimligi bilan hamkorlikda tashkil etilgan Respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkasi o`z ishini boshladi.

Tadbirda elektron kooperasiya portalining o`rni alohida ta`kidlandi. Ma`lum qilinishicha, joriy yilda o`tkazilgan hududiy tarmoqlararo yarmarkalar davomida Portal orqali mahalliy sanoat mahsulotlarini etkazib berish bo`yicha umumiy summasi 4 trillion so`mdan ortiq 2,6 ming savdo shartnomalari tuzilgani ma`lum qilindi. Bundan tashqari, import o`rnini bosuvchi sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish bo`yicha qo`shma loyihalarni amalga oshirishga doir 973 ta investisiya bitimi imzolandi.

Davlat rahbarining shu yil noyabr oyida qabul qilingan qaroriga muvofiq, Portal Raqamli transformasiya markaziga aylantiriladi va uning vazifasi mahalliy tadbirkorlar va eksportchilar uchun yagona raqamli ekotizimni yaratish bo`ladi. Ushbu ekotizimdan foydalanib, tadbirkorlar tashqi to`lov xizmatlaridan, shuningdek, savdo operasiyalari davomida to`lov majburiyatlarining bajarilishini kafolatlaydigan “eskrou” mexanizmidan foydalanish imkoniyatiga ega bo`ladilar. 2024 yilning 1 yanvarigacha ekotizimga integrasiya qilingan elektron tijorat platformalari uchun daromad solig`i stavkasi ikki barobar kamayadi. Ushbu ekotizimning muhim tarkibiy qismi markazlashtirilgan logistika platformasi hisoblanadi. U orqali tadbirkorlar uchun ichki va tashqi bozorlarga mahsulotlarni etkazib berishda mahalliy va xorijiy transport kompaniyalari xizmatlaridan foydalanish jarayoni osonlashadi.

Respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkasi davom etmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1