AsosiySiyosat

Prezident ertaga davlat tashrifi bilan Koreya Respublikasiga boradi

'Prezident ertaga davlat tashrifi bilan Koreya Respublikasiga boradi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Koreya Respublikasi Prezidenti Mun Chje Inning taklifiga binoan 16-18 dekabr kunlari davlat tashrifi bilan Janubiy Koreyada bo`ladi.

Tashrif dasturiga muvofiq, Seul shahrida bo`lib o`tadigan oliy darajadagi uchrashuv va muzokaralarda O`zbekiston-Koreya do`stlik va alohida strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash, ko`p qirrali hamkorlikni kengaytirish yo`llari ko`rib chiqiladi.

Eng avvalo, “yashil” iqtisodiyot, raqamlashtirish, innovasiyalar va yuqori texnologiyalar, ta`lim, sog`liqni saqlash va boshqa ustuvor yo`nalishlarda amaliy hamkorlik bo`yicha dastur va loyihalarni ilgari surishga alohida e`tibor qaratiladi.

Shuningdek, Prezidentimiz Koreya Respublikasi Milliy Assambleyasi rahbariyati, ushbu mamlakatning eng yirik kompaniya va bank-moliya institutlari vakillari bilan uchrashadi.

Tashrif yakunida salmoqli ikki tomonlama hujjatlar to`plami imzolanishi ko`zda tutilgan.

    Boshqa yangiliklar